Ertaga, 20 noyabr kuni Toshkentning "Paxtakor" stadionida "Yangi nafas" sport va ijtimoiy harakati doirasida "Save Aral" xayriya aksiyasining final bosqichi o`tkaziladi.
Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishcha, aksiya doirasida korxona va tashkilotlar jamoalari ekiden — sport estafetasi yo`nalishida o`zaro kuch sinashsa, yakka tartibdagi ishtirokchilar ommaviy xayriya marafonida ishtirok etishadi.
"Qo`shimcha ma`lumotlarni www.uzathletics.uz sayti yoki (97) 720-13-99 raqami orqali olishingiz mumkin. Yuguring, sog`lom bo`lasiz",-deyiladi xabarda.