AsosiySiyosat

O`zbekiston TIV o`rinbosari Qirg`iziston Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari bilan uchrashdi

'O`zbekiston TIV o`rinbosari Qirg`iziston Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yilning 19 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Furqat Sidiqov Qirg`iziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Taalatbek Masadikov bilan uchrashuv o`tkazdi.

Muloqot chog`ida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosat kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o`rtasida o`rnatilgan ochiq va ishonchli muloqot tufayli O`zbekiston-Qirg`iziston hamkorligining ijobiy sur`atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Afg`onistondagi bugungi vaziyat, uning xalqaro xavfsizlikka ta`siri, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integrasiyalashuvi, shuningdek, afg`on xalqiga favqulodda gumanitar yordam ko`rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar