O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jo`nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shundan so`ng, Prezident Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan muzokara o`tkazish uchun Kremlga yo`l oldi. Uchrashuvda O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.