Rossiya-O`zbekiston ta`lim forumida umumta`lim maktablari pedagog kadrlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka oshirish tizimi masalasida taqdimot o`tkazildi.
Moskva shahrida o`tkazilgan ikki mamlakat o`rtasida ta`limning barcha bosqichidagi masalalar muhokamasiga bag`ishlangan mazkur forumda O`zbekiston delegasiyasi, Xalq ta`limi vazirligidan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instiuti direktori Ayubxon Radjiev ham nutq so`zladi.
A.Radjiev o`z nutqida xalq ta`limi malaka oshirish tizimida so`nggi yillarda olib borilgan islohotlar, tizimdagi kelajak rejalariga to`xtaldi.
Xususan, maktab o`quv va metodik dasturlarini to`liq qaytadan ko`rib chiqish, o`qituvchilarni o`z-o`zini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va rag`batlantirish, boshqaruvni shaffoflashtirish va tizimni raqamlashtirish masalalarida batafsil gapirib o`tdi.