AsosiyJamiyat

Farg`onada qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada qimorxona tashkil etgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Farg`ona viloyatining Yozevon tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan, Yuqori Soybo`yi MFY hududida yashovchi Q.K yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi

Ma`lum bo`lishicha, qo`lga olingan shaxslardan 32 dona o`yin kartasi va 870000 so`m miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi

(qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish)da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Boshqa yangiliklar