Joriy yilning 16 noyabr kuni Quva tumanida M.M ismli ayol IIBga murojaat etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2018 yilning sentyabr oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, 4.500 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, pulni olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






