AsosiyJamiyat

Buster doza bilan emlash tartibi ma`lum qilindi

'Buster doza bilan emlash tartibi ma`lum qilindi'ning rasmi

Avvalroq, endilikda O`zbekistonda fuqarolar koronavirusga qarshi buster doza bilan ixtiyoriy emlanishi haqida xabar berilgan edi. 

Ayni paytda SSV Matbuot xizmtaning ma`lum qilishicha, buster doza bilan emlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- buster doza bilan emlanuvchi kontingentga to`liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o`tgan aholi kiradi;

- buster doza olmoqchi bo`lgan aholi Respublikaning barcha davolash profilaktika muassasalarining emlash punktlarida emlanishi mumkin;

- emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.

Ma`lumot uchun: buster doza — to`liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida yana qaytadan oladigan vaksina dozalaridir.

    Boshqa yangiliklar