AsosiyJamiyat

"Zo`ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” 16 kunligiga start berildi

'"Zo`ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” 16 kunligiga start berildi'ning rasmi

Kecha, 22 noyabr kuni Toshkent shahridagi “HYATT REGENCY” mehmonxonasida “Zo`ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida 16 kunlik kampaniyaning boshlanishiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi.

 Unda Senat Raisi, Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiya raisi Tanzila Narbaeva, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari, Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi a`zosi Saida Mirziyoeva, senator va deputatlar, BMT Aholishunoslik jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu.Yu, BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, bir qator xalqaro tashkilotlar mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, hududlardan tegishli soha vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, Yoshlar parlamenti a`zolari qatnashdi, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Senati.

Qayd etilishicha,  oilaviy zo`ravonlikni oldini olish va bundan jabr ko`rganlarga amaliy ko`mak berish bo`yicha Bosh prokuror o`rinbosari rahbarligida vakolatli davlat idoralari rahbarlari darajasidagi Ishchi guruh faoliyati yo`lga qo`yilgan. Ta`kidlanishicha, bugungi kunda Parlament tomonidan vakolatli davlat idoralari bilan hamkorlikda milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish bo`yicha qator takliflar ishlab chiqilmoqda. 

"Tadbirda so`zga chiqqan Senat Raisi T.Narbaeva 25 noyabrdan boshlab mamlakatimizda “Zo`ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida “Gender zo`ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi boshlanishini e`lon qildi",-deya ma`lum qiladi Oliy Majlis Senati axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar