AsosiyDunyo

Istanbulda hukumat iste`fosini so`rab inflyasiyaga qarshi namoyish avj olmoqda. 40 dan ortiq odam hibsga olindi — OAV

'Istanbulda hukumat iste`fosini so`rab inflyasiyaga qarshi namoyish avj olmoqda. 40 dan ortiq odam hibsga olindi — OAV'ning rasmi

So`nggi ikki kunda turk lirasi qulaganidan so`ng Istanbul, Anqara va Turkiyaning boshqa bir qancha shaharlarida norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda. Namoyishchilar hukumat iste`fosi va hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasini hokimiyatdan chetlatish talabi bilan shiorlar bilan hayqirdi. Polisiya namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun chora ko`rmoqda. 

Istanbul polisiyasi o`sib borayotgan inflyasiyaga qarshi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi, 40 dan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Duvar portaliga tayanib Ria Novosti. 

Qayd etilishicha, Istanbulning Kadiko`y tumanida hukumat iste`fosini talab qilib shiorlar bilan chiqqan namoyishchilarga qarshi polisiya suv purkagan. Namoyishchilar Istanbulning Avjilar va Bakirko`y tumanlarida ham to`plandi. Polisiya miting o`tkazilishi rejalashtirilgan maydonni to`sib qo`ydi va tuman ma`muriyati namoyishlarni bir oylik taqiqlab qo`yganini aytib, namoyishchilarning tarqalishini talab qildi.

Kecha, 24 noyabr kuni Turkiya Xavfsizlik Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda lira kursining keskin tushib ketishi tufayli ko`cha namoyishlariga chaqiruvlar bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilganini ma`lum qilgan edi.

Ma`lumot  uchun: Seshanba kuni turk valyutasi bir dollar uchun 11,37 dan 13,21 liraga tushib, yangi antirekord o`rnatdi. Turkiyalik moliyaviy tahlilchi Arda Tunjaning aytishicha, bir kunda bunday keskin pasayish oxirgi 20 yildagi maksimal ko`rsatkichdir. Turkiya prezidenti Toyib Erdo`g`on televidenie orqali qilgan chiqishida yana chegirma stavkasini pasaytirish tarafdori ekanini aytdi.

    Boshqa yangiliklar