AsosiyDunyo
4669

AQShda 2 yoshli bola onasini otib qo`ydi

AQShning Viskonsin shtatida ikki yoshli bolakay o`z onasini otib qo`ydi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Hodisa oila a`zolari mashinada ketayotgan paytda yuz bergan.

26 yoshli Petris Prays qallig`ining mashinasini haydab ketayotgan bo`lgan. Petrisning qallig`i esa qorovul bo`lib ishlagani sabab, uning yonida va mashinasida doim qurol bo`lgan. O`sha kuni qurol uning mashinasida qolib ketgan edi.

Bola orqa o`rindiqda turgan qurolni olib, qo`qqisdan onasining elkasiga o`q uzadi. Ayol avtomobilni chetroqqa to`xtatishga muvaffaq bo`ladi. Shundan so`ng u vafot etadi. Praysning uch nafar farzandi bor edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar