AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Xorvatiya va Estoniyaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi

'Abdulaziz Komilov Xorvatiya va Estoniyaning yangi tayinlangan elchilarini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xorvatiya Respublikasi va Estoniya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchilari (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Refik Shabanovich va Toomas Tirsni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, elchilarni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas`uliyatli lavozimida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama va “O`zbekiston – Evropa Ittifoqi” shaklida O`zbekiston – Xorvatiya va O`zbekiston – Estoniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo`yicha amaliy takliflar ko`rib chiqildi.

Mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar