AsosiyJinoyat

Yunusobodda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi

'Yunusobodda kuchli ta`sir qiluvchi dorilarni noqonuniy sotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Yunusobod tumani bo`limlari tomonidan “H.F.” MChJga qarashli dorixonada  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro G`.U. va boshqalar xorijda ishlab chiqarilgan “Tropikamid”, “Selofen” va “Zardeks” nomli 4 donasini jami 170 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonada tegishli hujjatlari bo`lmagan qalbakilashtirilgan 92 dona “Zardeks”, 80 dona “Regapen”, 23 dona “Tropikamid” va 20 dona “Selofen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, “J.P.M.” MChJga qarashli dorixonada o`tkazilgan tezkor tadbirda, dorixona rahbari J.U., norasmiy sotuvchilari M.O`., J.M., F.B.lar xorijda ishlab chiqarilgan “Regapen” dori vositasining har bir donasini 25 ming so`mdan hisoblab, 12 donasini jami 300 ming so`mga sotishgan vaqtida ushlanib, dorixonada tegishli hujjatlari bo`lmagan 1 000 dona “Karbamazepin-Nika”, 1 000 dona “Karbamazepin”, 150 dona “Tebantin”, qalbakilashtirilgan 100 dona “Zardeks”, 40 dona “Karbaleks” va 40 dona  “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) va 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar