Germaniya OAVlarining ma`lum qilishicha, Germaniyada 16 yoshdan boshlab saylovlarda ovoz berish huquqi berilishi kutilmoqda. Koalision hukumatning yaqin istiqbolga mo`ljallangan ish rejasi shundan dalolat beradi.
Germaniya sosial-demokratlar, liberallar va yashillar yangi hukumat tuzish bo`yicha muzokaralarni yakunlab, koalisiya kelishuvini taqdim etdi. Yangi vazirlarning ismlari hozircha oshkor etilmagan.