Pekin Vashingtonni ig`vogarona harakatlarda aybladi. Bu haqda Zamon ma`lum qildi.
“Ma`lum vaqt davomida AQSh Tayvan, Janubiy Xitoy dengizi va dengiz aviasiyasining razvedka parvozlari bo`yicha mas`uliyatsiz bayonotlar berdi, ko`plab ig`vogarona harakatlarni amalga oshirdi. Shu munosabat bilan Xitoy tabiiyki, o`z pozisiyasida qat`iy turadi va bunga qarshi kurashadi”,– Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syan.
Shuningdek U Syan AQSh bilan Xitoy munosabatlari rivojlanishining asosiy sharti mamlakat hududiy yaxlitligiga daxl qilmaslik ekanini yana bir bor eslatib o`tdi. Bu ayniqsa, Tayvanga taalluqli ekanligi alohida ta`kidlangan.