1

COVID-19'ga qarshi yangi avlod vaksinalari haqida ma`lumot berildi

Salomatlik 26.11.2021, 09:53
COVID-19'ga qarshi yangi avlod vaksinalari haqida ma`lumot berildi

Buyuk Britaniya va Singapurlik olimlar COVID-19'ga qarshi yangi avlod vaksinalari biriktiruvchi oqsilga qarshi emas, balki replikasiya oqsillariga qarshi immun javob yaratishi lozimligini bildirishdi. 

Kelajakda bunday vaksinalar virusni organizmga kirish vaqtidayoq yo`q qiladigan immun xotira to`qimalarini faollashtirishi mumkin.

Olimlar Londondagi Avliyo Varfolomey shifoxonasi xodimlarining immunologik ma`lumotlarini tadqiq etishdi. Ularning barchasi «qizil hudud»da bo`lishgan va virus hujumiga uchrashgan, ammo ularning 58 nafari kasallanmagan. Ularni o`rganib chiqqan mutaxassislar ularning T-hujayrali javoblari kuchliroq bo`lganligini va aynan shu jihat infeksiya rivojlanib ulgurmasdan uni to`xtatganligini aniqlashdi.

Ayni damda mavjud vaksinalar virusning boshqa qismlariga yo`naltirilgan, ammo e`tibor erta bosqichda virus rivojlanishiga yordam beradigan replikasion-transkripsion oqsillar kompleksiga qaratilsa, infeksiya tarqalishining oldini olish mumkin. Shuning uchun ham, tadqiqot mualliflari fikriga ko`ra, keyingi avlod vaksinalari aynan immun xotirasining T-hujayralarini faollashtirishi kerak.

Bu, shuningdek, nafaqat COVID-19, balki boshqa koronaviruslardan ham himoya qiladigan vaksinalarni yaratishga yordam beradi. Shu bilan birga, mutaxassislar T-hujayralarini stimullash orqali virus bilan kasallanishning oldini oladigan va biriktiruvchi oqsilga qarshi antitanachalar yordamida COVID-19'ga qarshi immunitet ishlab chiqaradigan ikki tomonlama vaksinalarni yaratish imkoniyatini ham istisno etishmagan.⠀

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1