Samarqand shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 63-umumta`lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o`quvchilardan biri homilador ekani aniqlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Unda aytilishicha, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.