AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qariyb 65 foiz aholisi ichimlik suvi bilan ta`minlangan — "O`zsuvta`minot"AJ

'O`zbekistonning qariyb 65 foiz aholisi ichimlik suvi bilan ta`minlangan — "O`zsuvta`minot"AJ'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKAda "O`zsuvta`minot" AJ boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Tohir Haydarov ishtirokida brifing o`tkazilmoqda.

Unda qayd etilishicha, O`zbekistonda aholining 65,1 foizi (22,3 mln) markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlangan. 34,9 foizi (11,9 mln) muqobil ichimlik suv manbalaridan foydalanib kelinmoqda.

Shuningdek, joriy yil 10 oyligida ichimlik suv tarmoqlarida sodir bo`lgan 91,2 ming avariya va nosozlik hududiy brigadalar tomonidan bartaraf etilgan.

25 noyabr holatiga ko`ra, byudjetdan ajratilgan 2 430,8 mlrd. so`m hisobidan 5 676 km ichimlik va 302,3 km oqova suv tarmoqlari qurildi, 415 ta ob`ekt foydalanishga topshirilgan.

Bundan tashqari ichimlik suvi sifatini doimiy ravishda nazorat qilish hamda qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida jami 47 tn suyuq xlor, 32tn gipoxlorid natriy va 21,2tn gipoxlorid kalsiy zahirasi yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar