Kosovo va Metoxiya shaharlaridan bo`lgan o`quvchilarni olib ketayotgan maktab avtobusiga hujum uyushtirildi. Bu haqda Serbiya milliy televideniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum ortidan 3 kishi halok bo`ldi, 2 kishi jarohatlandi. Ular kasalxonada og`ir ahvolda ekani aytilmoqda.
O`quvchilar 17 va 18 yoshlarda bo`lgan hamda avtobus haydovchisi halok bo`lgan. Voqea Golojane qishloqchasida sodir etilgan.






