1

Namanganda xonadonda saqlanayotgan “Marixuana” musodara qilindi

Jinoyat 28.11.2021, 13:13
Namanganda xonadonda saqlanayotgan “Marixuana” musodara qilindi

2021 yil 18 noyabr kuni, Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPMB profilaktika inspektori A.Qobulovni bergan ma`lumotiga ko`ra, Namangan shahrida yashovchi,  1972 yilda tug`ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, hovlisidagi omborxonasida qora sellofan paketga o`ralgan, o`tkir hidli, och yashil rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun olingan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddaning sof og`irligi 47,01 gramm bo`lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 21 noyabr kuni O`z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1