AsosiyJamiyat

Prezident Ashxobod shahrida o`tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so`zladi

'Prezident Ashxobod shahrida o`tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so`zladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ashxobod shahrida o`tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammitida nutq so`zlamoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga anjumanni yuksak saviyada tashkil etgani va samimiy mehmondo`stligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o`tgan davr mobaynida ulkan iqtisodiy salohiyatga ega yirik mintaqaviy tuzilmaga aylangani, uning xalqaro maydondagi o`rni va ahamiyati oshib borayotgani qayd etildi.

O`zbekiston tashkilot doirasida keng qamrovli aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori hamda bo`lajak raislik vazifasini samarali amalga oshirish niyatida ekani ta`kidlandi.

Boshqa yangiliklar