1

JSST COVID-19 omikron shtammining global tarqalish xavfi yuqori ekanligini e`lon qildi

Dunyo 29.11.2021, 13:03
JSST COVID-19 omikron shtammining global tarqalish xavfi yuqori ekanligini e`lon qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma`lum qilishicha, Omikron koronavirus shtammining dunyo bo`ylab tarqalish ehtimoli yuqori. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda. 

COVID-19 omikron shtammi tarqalishi bilan bog`liq umumiy global xavf ham juda yuqori deb baholanmoqda. JSST allaqachon koronavirusning yangi variantini tashvishli shtammlar toifasiga kiritgan.

Tashkilot mutaxassislari joriy PSR testlari COVID-19 ning yangi omikron shtammini aniqlashga qodirligini tasdiqladi. Vaksinalar Omikron variantini yuqtirganda og`ir kasallik yoki o`limdan samarali himoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1