1

Toshkentda "dollarchi" qo`lga olindi

Jinoyat 29.11.2021, 16:34
Toshkentda "dollarchi" qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug`ullanib kelgan fuqaro A. fuqaro J.dan 3 300 AQSh dollarini 35,3 mln so`mga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida, 158 AQSh dollari, 3 050 qirg`iz somi, 195,5 mln so`m va 1 dona pul sanash apparati  mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1