1

O`zbekiston xalqaro san`at forumiga mezbonlik qiladi

Jamiyat 30.11.2021, 20:11
Teglar: Forum
O`zbekiston xalqaro san`at forumiga mezbonlik qiladi

Poytaxtimiz teatrlarida joriy yilning 30 noyabridan 7 dekabriga qadar Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi, Boltiqbo`yi va Gruziya davlatlari IV “Yoshlar teatr san`ati” forumi o`tkaziladi

Ushbu forum ilk bor 2012-yilda Kishinev shahrida (Moldova), 2015-yil Minsk (Belarus)da, uchinchi bor 2018-yil Erevan shahrida (Armaniston) o`tkazilgan bo`lsa, bu galgi forumga O`zbekiston mezbonlik qilmoqda.

Forumda Armaniston, Estoniya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Moldova, Belarus, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan tashrif buyurgan qatnashchilar Ekspertlar kengashi tomonidan tanlab olingan spektakli bilan ishtirok etadi.

Har bir sahna asarini turli davlatlardan yig`ilgan Hay`at a`zolari baholab boradi.  

Shuningdek, forum doirasida “Ta`lim dasturi” amalga oshiriladi. Unda yosh teatr ijodkorlariga o`z kasbiy tajribalari bilan o`rtoqlashish imkoni beriladi.  

Shu bilan birga, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti teatr yo`nalishi talabalariga mahorat darslari, seminar-treninglar o`tkaziladi. Forum ishtirokchilari “Ta`lim dasturi” laboratoriyasida malakali rejissyor, aktyor hamda teatr tanqidchilaridan mahorat darslarini olib, forum davomida yagona spektakl ustida ijod qilishadi. Forum yakunida esa mazkur spektakl tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.

Sharhlar

Toshkentda ShHTga a`zo davlatlarning turizm sohalari rahbarlari uchrashuvi boshlandi

19.05.2022, 11:24

Ayni paytda “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm sohalari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.   Ertaga, 20...
O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida O`zbek tili bayrami kuni nishonlandi (foto)

22.10.2021, 19:00

21 oktyabr - O`zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi TURKSOY tashkiloti hamda Turk dunyosi muhandislari uyushmasi bilan hamkorlikda adabiy kecha va mushoira...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1