AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistoniga “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo`nab ketdi

'O`zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistoniga  “Haj” va “Umra” safarlarini hal etish uchun jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugun, 1 dekabr kuni erta tongda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Sodiqjon Toshboev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi a`zolari Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdi. 

 O`zbekiston musulmonlari idorasi bu haqda ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, o`tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mo`min-musulmonlari “Haj” va “Umra” amallarini ado etish baxtidan bebahra bo`lgan bo`lsa, so`nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgani, kunlik kasallanish darajasi kamayayotgani, vaksina olgan aholi miqdori oshib borayotgani va cheklovlar yumshatilayotgani bois endi ma`lum amallar uchun cheklovlar bekor bo`lishi mumkin.

"Ayni kunlarda yurtimiz mo`min-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar",-deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar