1

Shayxontohur va Yangihayot tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Jinoyat 01.12.2021, 17:18
Shayxontohur va Yangihayot tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, “U-B.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorga 35 dona “Zardeks” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 700 ming so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ushbu dorixonadan sotish uchun mo`ljallangan, tegishli hujjatlari bo`lmagan jami 1597 dona “Zardeks” va 1413 dona “Karbamazepin” nomli dori vositalari, yana 90 dona qizil va oq rangli nomsiz dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. xaridor N.ga 49 dona kuchli ta`sir qiluvchi “Tropikamid” va 50 dona “Selofen” nomli dori vositalarini 4,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1