Ertaga, 2-dekabrdan Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo-Okeaniya chempionatiga start beriladi.
Qit`amizning 17ta davlatidan ikki yuzga yaqin dzyudochi ishtirok etadigan yilning eng so`nggi yirik musobaqasida O`zbekiston terma jamoasi to`liq tarkibda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
O`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatida qatnashadigan terma jamoamiz tarkibi:
O`g`il bolalar:
-50 kg: Fazliddin Shokirov,
-55 kg: Zamonshari Bekmurodov,
-60 kg: Sardor Himmatov, Suhrob Po`latov,
-66 kg: Elbek Tojiev,
-73 kg: Samir Nazirboev,
-81 kg: Mels Sodiqov, Muhammadali Tangriev,
-90 kg: Ibrohim Xolboev,
+90 kg: Abbos Ismoilov.
Qizlar:
-40 kg: Laziza Haydarova,
-44 kg: Ulbusin Hakimova,
-48 kg: Muhayyo Ahmatova,
-52 kg: So`g`diyona Rafkatova,
-57 kg: Sarvinoz Husanova,
-63 kg: Xurshida Razzoqberdieva, Marjona Nurulloeva,
-70 kg: Tuygul Hamroeva,
+70 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva, Shirinjon Yo`ldosheva.
Murabbiylar:
Kamol Murodov, Tohir Fayziev, Nurali Qobulov, Muqaddas Kubeeva.
Dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati 5-dekabrga qadar davom etadi.






