AsosiyDunyo

Qozog`istonda Nazarboev tasvirlangan banknotalar muomalaga kiritiladi

'Qozog`istonda Nazarboev tasvirlangan banknotalar muomalaga kiritiladi'ning rasmi

Qozog`istonda Milliy bank tomonidan davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Nursulton Nazarboev surati tushirilgan, nominal qiymati 20 ming tenge bo`lgan banknotalarni muomalaga chiqaradi. Shu bilan birga, 2015 yil namunasidagi nominal qiymati ushbu miqdorda bo`lgan to`lov vositalari ham qonuniy bo`lib qoladi. Pullar dekabr oyining birinchi o`n kunligida muomalaga chiqariladi.

Qozog`iston Milliy banki Nursulton Nazarboev surati tushirilgan, nominal qiymati 20 ming tenge bo`lgan yubiley banknotalarni muomalaga chiqaradi. U Qozog`iston mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlandi, deb yozadi "Tengrinews.kz"ga asoslanib Gazeta.

Ushbu banknotalarda 27 ta himoya elementi mavjud. Pul qiymatining dizayni muomaladagilar bilan bir xil uslubda ishlangan: old tomonida asosan vertikal tasvirlar, teskari tomonida gorizontal tasvirlar mavjud. Uning o`lchami 155×79 millimetrga teng.

Milliy bank ushbu pullar qonuniy to`lov vositasi ekanligini qayd etdi.

«Nominal qiymati 20 ming tenge bo`lgan yubiley banknotasi butun Qozog`iston bo`ylab barcha turdagi to`lovlar uchun, shuningdek, bank hisob raqamlariga o`tkazish hamda barcha o`tkazmalar, almashtirish va ayirboshlash uchun nominal qiymati bo`yicha qabul qilinishi shart», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, 2015 yil namunasidagi nominal qiymati 20 ming tenge bo`lgan pullar ham qonuniy to`lov vositasi bo`lib qolmoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yangi banknotalar 2021 yil dekabr oyining birinchi o`n kunligida muomalaga chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar