Tinch okeanida bir nechta orollardan hosil bo`lgan Tuvalu aholi suv ostida qolishi mumkin. Mamlakat aholisi esa xavfsiz joyga ko`chib o`tishiga to`g`ri keladi. Bu haqda Tuvali tashqi ishlar vaziri Saymon Kofening ma`lum qildi.
Manbada keltirilishicha, Tuvaluning 5 mingga yaqin aholisi allaqachon Yangi Zelandiyaga ko`chib o`tgan.
“Biz o`z hududlarimizni yo`qotsak ham boshqa mamlakatlar Tuvaluni tan olishda davom etishini istaymiz va buni choralarini ko`rmoqdamiz”, - dedi Kofe.
Avvalroq Tinch okeanidagi bir necha mamlakat iqlim o`zgarishi tufayli yo`q bo`lib ketishi mumkinligi haqida ma`lumotlar berilgandi. Jumladan, Kiribati va Marshal orollari ham Tuvalu kabi suv ostida qolib ketishi mumkinligi taxmin qilingandi.