Kecha, 1 dekabr kuni soat 22:18 da Shayxontohur tumani, Jarariq ko`chasida joylashgan xonadonlardan birida yong`in kelib chiqqan. Bu haqdagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
https://t.me/UnchaMuncha/29698
FVVning xabar berishicha, holat sodir bo`lgan vaqt 4 ta yong`in qutqaruv texnikalari voqea joyiga etib borgan va roppa-rosa 29 daqiqada yong`in to`liq o`chirilgan.
Qayd etilishicha, yong`in natijasida xonadonning taxminan 200-250 kv.m maydoni zararlangan.
Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, jabrlangan va halok bo`lgan fuqarolar yo`q.
"Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.






