1

O`zbekistondan Afg`onistonga chegarani buzib o`tishga uringan Fransiya fuqarosi ushlandi

Jinoyat 02.12.2021, 11:02
O`zbekistondan Afg`onistonga chegarani buzib o`tishga uringan Fransiya fuqarosi ushlandi

Surxondaryoda tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo`lgan, kuchli ta`sir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor-profilaktik tadbiri o`tkazildi. 

Tadbir davomida, 2021 yil 26 noyabr kuni soat 19:00larda Surxondaryo viloyati DXX Chegara qo`shinlari harbiy qism chegara naryadi va tezkor xodimlari tomonidan Fransiya Respublikasi fuqarosi T.M. O`zbekiston Respublikasidan Afg`onistonga chiqib ketish maqsadida, Termiz tumani hududidagi temir yo`l orqali piyoda tarzda noqonuniy ravishda davlat chegarasidan o`tishga uringani aniqlangan. 

Viloyat IIBning xabar berishicha, chegara qo`shinlari tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlariga holat yuzasidan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun xabar berilgan.

Voqea joyiga soat 20:30 larda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi hamda Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari chiqishib, fuqaroni xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazilganda, unga tegishli bo`lgan kulrang ryukzak sumkasi ichidan 26 dona “Topalgic” 50 mg tramadol nomli tabletkalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida holislar ishtirokida olib qo`yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1