JSST tashkilot a`zo mamlakatlarni emlash jarayonlarini jadallashtirishga chaqirdi. Qolaversa, JSSTning xulosasicha, yangi mutasiyaning paydo bo`lishi hozircha koronavirusga qarshi boshqa vaksina yaratish zaruratini yuzaga keltirgani yo`q. Chunki amalda qo`llanilayotgan vaksinalarning “omikron” shtammiga qarshi samaradorligi pasayishi hali isbotlanmagan. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Aslida, yangi shtamm tarqalishini jilovlashda vaksinalarga katta umid bog`lanayotgani bejiz emas. Chunki “omikron” qayd etilgan Janubiy Afrika mamlakatlari, xususan, JARda katta yoshli aholining to`rtdan bir qismi hanuz emlanmagan.
Shu bois Xitoy davlati 600 million doza COVID-19ga qarshi vaksinani Afrika mamlakatlariga etkazib berishga qaror qildi.
Eslatib o`tamiz, 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar O`zbekiston qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to`xtatadi.
Shuningdek, endi O`zbekistonga 11 ta davlatdan kirib kelgan yo`lovchilar majburiy karantinga olinadi.
Mavzuga doir:
O`zbekistonda Yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi