Dunyo olimlari vaksinalarga baho bermoqda. Ular "Omicron"ga qarshi kurashish darajasini o`rganmoqda.
Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining xabar berishicha, BioNTech rahbari “Omisron” shtammiga qarshi vaksina samaradorligini deyarli baholab bo`ldi.
BioNTech kompaniyasi rahbari o`zining amerikalik hamkori Pfizer bilan hamkorlikda ishlab chiqqan Comirnaty vaksinasi koronavirusining yangi "Omicron" shtammiga qarshi samarali bo`lishi mumkin, degan qarorga keldi.
Xitoyda esa 1,1 milliarddan ortiq fuqarolar COVID-19'ga qarshi to`liq emlandi
Rossiyaning Inson ildiz hujayralari instituti esa koronavirusga qarshi preparat yaratishga kirishdi, uning dastlabki prototiplari uch-to`rt oy ichida yaratilishi mumkin
N.F. Gamaley nomidagi Milliy Epidemiologiya va Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ham Mudofaa vazirligining 48-Markaziy ilmiy-tadqiqot institutida yangi koronavirus vaksinasining samaradorligini baholashni boshladi.






