AsosiyJamiyat

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «AI-80» o`rniga «AI-92» rusumidagi avtobenzin yonilg`isini ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi

'Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «AI-80» o`rniga «AI-92» rusumidagi avtobenzin yonilg`isini ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ hamda “Gazpromneft-Promshlenne  Innovasii” kompaniyasi o`rtasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori oktanli avtobenzinlar ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish bo`yicha muzokaralar o`tkazildi.

Hozirgi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan “AI-80” rusumidagi avtobenzin yonilg`isi o`rniga “AI-92” rusumidagi avtobenzin yonilg`isini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida “Gazpromneft-Promshlenne  Innovasii” kompaniyasining yangi innovasion “Aroforming” texnologiyasi muhokama qilindi.

Bu texnologiyaning vazifasi engil benzin fraksiyalarini maxsus katalizator yordamida metanol bilan ta`sir ettirish yo`li orqali yuqori oktanli avtobenzin mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat. Taklif etilayotgan texnologiyani kelgusida zavodda tadbiq qilish, ishlab chiqarilayotgan “AI-80” rusumidagi avtobenzin yonilg`isidan to`liq voz kechish hamda yuqori oktan sonli avtobenzin yonilg`ilarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar