AsosiyJamiyat

Umummilliy Konstitusiya imtihonining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi

'Umummilliy Konstitusiya imtihonining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Konstitusiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitusiya haqidagi bilimlarini sinovdan o`tkazish maqsadida umummilliy Konstitusiya imtihoni o`tkazilmoqda.  

Test savollariga eng tez va eng ko`p to`g`ri javob bergan 50 nafar ishtirokchining ijodiy savolga javoblari hakamlar hay`ati tomonidan baholanib, shundan 10 nafari final bosqichiga yo`l oldi.  

Ro`yxat bilan tanishing: 8-dekabr.adliya.uz/page/results

Final bosqichi ertaga – 4 dekabr kuni soat 11:00 da videokonfrensaloqa shaklida bo`lib o`tadi.

Mazkur bosqichda ishtirokchilar bevosita o`zlari yashab turgan hududdagi adliya boshqarmasi binosida, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ishtirokchilar esa Adliya vazirligi binosida qatnashadi.

Imtihon jarayonlarini youtube.com/adliya havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar