AsosiyJamiyat

“Toshkent-Qo`ng`irot” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi

'“Toshkent-Qo`ng`irot” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

2021 yil dekabr oyida yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent-Qo`ng`irot” yo`nalishida 5604-sonli qo`shimcha poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  

Harakat jadvaliga ko`ra mazkur poezd 7, 10, 14, 17, 21, 24 dekabr kunlari soat 23:20 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan, jami olti marotaba qatnovini amalga oshiradi.

Ushbu qo`shimcha poezd Samarqand, Buxoro temir yo`l vokzallarida ham to`xtab o`tadi. Chiptalarni temir yo`l kassalaridan, shuningdek, “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining e-ticket.railway.uz (http://xn---ticket-6gg.railway.uz) saytidan elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan olish mumkin.

Boshqa yangiliklar