Noma`lum huddudda ekilgan yangi daraxtlar ustidan asfalt yotqizilgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kattagina muhokamaga sabab bo`ldi.
Ushbu holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasini ham befarq qoldirmadi. Qo`mitaning viloyatdagi boshaqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, holat Jizzaxda ro`y bergan. Mirzacho`l tumani Gagarin shaharchasi "Do`stlik" MFY Xalqlar Do`stligi ko`chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup daraxtlar atrofi MChJ tomonidan yo`lak qurish ishlari davomida betonlab yuborilgan.
"Daraxtlarning barchasi: 38 tup archa, 7 tup yasen, 1 tup tut, 1 tup akasiya, 1 tup gilos, 4 tup qayrag`och, 7 tup eldor qarag`ayi, 12 tup aylant tagidagi betonlar buzib olindi va daraxtlarning tagi yumshatilib, parvarish qilindi",-deyiladi vaziyat ijobiy tomonga o`zgargani ta`kidlanib.
Qayd etilishicha, MChJning ushbu noto`g`ri ishga yo`l qo`ygan xodimlarga nisbatan rasmiy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilangan.