AsosiyJamiyat

Namanganda to`xtatb turgan "MAN"ni orqasidan borib urilgan "Neksiya" haydovchisi voqea joyida vafot etdi

'Namanganda to`xtatb turgan "MAN"ni orqasidan borib urilgan "Neksiya" haydovchisi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 1 dekabr` kuni soat 02:00 larda, Go`zal MFY Go`zal ko`chasida, Namangan shahrida yashagan, 1984 yilda tug`ilgan fuqaro Neksiya-2 rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetida to`xtab turgan, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaroga tegishli MAN rusumli avtomashinasini orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Namangan shahrida yashagan, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan va Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi qo`shma shikast, o`ng oyoq boldir va chap oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 dekabr` kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar