AsosiyDunyo

Ilon Mask "Tesla" aksiyalarining arzonlashishi oqibatida qancha zarar ko`rgani ma`lum bo`ldi

'Ilon Mask "Tesla" aksiyalarining arzonlashishi oqibatida qancha zarar ko`rgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask kompaniya aksiyalarining tushishi oqibatida jiddiy zarar ko`rgan. Bu xaqda Bloomberg xabar berdi

Manbada aytilishicha, Mask kompaniya aksiyalarining arzonlashi oqibatida 15,2 milliard dollar yo`qotgan. Natijada, uning boyligi 268,9 mlrd dollarga qadar kamaygani aytilmoqda. 

Iqtisodchilarning ma`lum qilishicha, AQShning eng boy 10 nafar insonlari umumiy hisobda 27,4 milliard dollar yo`qotgan, jumladan, Mask bu ro`yxatda etakchi. 

Avvalroq  tadbirkor soliq tufayli o`z aksiyalarini sotishni boshlagan edi. Bu orqali esa u o`z boyligini yanada ko`paytirib olgani borasida ma`lumotlar paydo bo`lgandi. 

Boshqa yangiliklar