AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 330 mingdan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Sirdaryoda 330 mingdan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, 2021 yilning oktyabr oyidan shu kuniga qadar 6 ta holatda salkam 336 ming dona pirotexnika vositalari aylanuviga chek qo`yilgan.

Ushbu yo`nalishda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi hamda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qonun doirasida choralar ko`rilishi ta`minlangan.

Jumladan, joriy yilning 28 noyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro E.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli engil avtotransport vositasi Guliston shahrida to`xtatilib ko`zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasida sotish maqsadida olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi 42 ming 60 dona  pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan so`ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan fuqaro E.Sh. bilan profilaktik suhbat o`tkazilganda, u o`zining xohish-istagi bilan uyida saqlanayotgan “Britanik” nomli jami 6000 dona pirotexnika mahsulotlarini taqdim etgan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro E.Sh.dan 4 turdagi jami 48060 dona pirotexnika mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar