AsosiyDunyo

9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

'9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan.

Korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo`lgan ishonchiga jiddiy putur etkazadigan xavfdir. Dunyo davlatlarida buni oldini olish, ya`ni jamiyat rivojiga g`ov bo`layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta`minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan:

– Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi (Nyu-York, 1996 yil 12 dekabr);

– Korrupsiya bo`yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 27 yanvar);

– Korrupsiya bo`yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999 yil 4 noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo`shimcha protokol (Strasburg, 2003 yil 15 may);

– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003 yil 31 oktyabr).

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar