AsosiySport

Italiyalik taniqli murabbiy Joze Mourinioga Chust do`ppisi va pichog`i sovg`a qilindi

'Italiyalik taniqli murabbiy Joze Mourinioga Chust do`ppisi va pichog`i sovg`a qilindi'ning rasmi

Namangan viloyati hokimining o`rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig`i Botirjon Nuriddinov boshchiligidagi delegasiya vakillari xizmat safari bilan bir hafta mobaynida Italiya poytaxti Rim shahrida bo`lishdi.

Tashrif chog`ida O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Eldor Shomurodov to`p suradigan “Roma” klubi rahbariyati hamda “International Management Group” turistik kompaniyasi direktori bilan muzokaralar olib borildi. 

Muzokaralar davomida Namangan viloyati futbol mahorati maktabi hamda “Roma”  klubi o`rtasida mutaxassis kadrlar tayyorlash yo`nalishida o`zaro tajriba almashish, qo`shma seminar va treninglar tashkil etish, namanganlik murabbiylarini Rim jamoasida malaka oshirish imkoniyatlarini o`rganib chiqish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Namangan va “Roma” klubining yoshlar jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish tashabbuslari bildirildi.

Shuningdek, delegasiya a`zolari Rim “sariq-qizillar”ining bosh murabbiyi Joze Mourinio bilan uchrashdi. 

Murabbiylik faoliyati davomida dunyoga mashhur “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Tottenxem” singari gigant jamoalarni boshqargan Joze Mourinioga esdalik sifatida Namangan milliy brendi hamda o`ziga xos “tashrif qog`ozi” aylangan Chust pichog`i va do`ppisi sovg`a qilindi.

Boshqa yangiliklar