Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Quvasoy shahrining chegara oldi hududida yashovchi fuqaro M.H.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.
Natijada, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 336 million so`mlik 12 turdagi 215 ming dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.