So`nggi kunlarda prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Bosh prokuratura o`z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda unga qarshi keskin kurashishga beg` bog`lagan ko`rinadi.
Shu maqsadda Bosh prokuratura keng jamoatchilikka prokuratura organlari xodimlari faoliyatida korrupsiya bilan bog`liq xatti-harakat kuzatilganda “Ishonch telefoni” (71) 202-08-28) raqamiga xabar berish bo`yicha murojaat bilan chiqdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik ishtirokini ta`minlaydigan ushbu zamonaviy va tezkor usul ilk daqiqalardanoq o`zining samarasini berdi.
Ishonch telefoni orqali kelib tushgan ma`lumotlar asosida faoliyatida firibgarlik va korrupsiyaga qo`l urgan Bosh prokuraturaning yana bir xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Mazkur holat Xayot Shamsutdinov tomonidan ma`lum qilindi.
Bosh prokuratura rahbariyatining korrupsiyaga qarshi kurashishning ushbu kreativ usuli boshqa vazirlik va idoralarda ham joriy qilinadi deb umid qilib qolamiz.
Zero, ochiqlik va shaffoflikning naqadar muhim vosita ekanligini yana bir bor ko`rish mumkin.