Italiyada Amazon onlayn-riteyleri 1 mlrd evro jarimaga tortildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya bozordagi mavqeyini suiste`mol qilishda ayblanmoqda. Bu qaror Italiya monopoliyaga qarshi organi tomondan chiqarilgan.
Kompaniya o`z logistika xizmatlarini ilgari surgan bo`lib, elektron savdo bilan shug`ullanuvchi raqobatchi operatorlariga zarar keltirgan.
Ma`lumot uchun, Amazon kompaniyasi Italiyada noyabr oyi oxilarida ham qonunga zid harakatlari uchun 68,7 million evro jarimaga solingan.






