AsosiyJamiyat

Gender tengligini ta`minlash bo`yicha Ombudsmanlar uchrashuvi o`tkazildi

'Gender tengligini ta`minlash bo`yicha Ombudsmanlar uchrashuvi o`tkazildi'ning rasmi

Kecha, 9 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Xalqaro Inson huquqlari kuni arafasida Qozog`iston Respublikasi Inson huquqlari bo`yicha vakili “BMT - ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikda gibrid shaklida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi.

“Gender tengligini ta`minlash va ayollar huquqlarini himoya qilishda  milliy inson huquqlari institutlarining ishtiroki” mavzusiga bag`ishlangan uchrashuvda  Ombudsman institutlari o`zaro tajriba almashish hamda mavzuga oid xalqaro va mintaqaviy masalalarni hamkorlikda hal etish bo`yicha taklif va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo`lishgan.

Uchrashuvda O`zbekiston tarafdan ishtirok etgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) o`z so`zida mamlakatda gender tengligini ta`minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilganiga to`xtalib o`tdi, deya ma`lum qilmoqda uning axborot xizmati.

F.Eshmatovaning so`zlariga ko`ra, O`zbekistonda qabul qilingan yangi tartiblar va amalga oshirilgan islohotlar natijasida yil sayin yuqori lavozimlarda ishlovchi ayollar soni ortib bormoqda.

 Raqamlarga bilan keltirilishicha, milliy parlamentdagi ayollar soni (32%) darajaga etdi - bu ko`rsatkich bo`yicha O`zbekiston 190 mamlakat orasidan 37-o`rinni egallagan. Xotin-qizlarning siyosiy partiyalardagi ulushi esa 44 foizga, oliy ma`lumotli xotin qizlar soni - 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida - 35 foizga etgan. 81 ta vazirlik va idoralarda ilg`or va bilimli ayollardan iborat 15 mingdan ziyod kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.

Tadbirda gender tenglik hamda ayollarning siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat va jamiyat ishlaridagi o`rnini kuchaytirish masalalari bo`yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar