AsosiyJamiyat

Toshkentda qiymati 2700 AQSh dollar bo`lgan noqonuniy pirotexnika vositalari sotayotgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda qiymati 2700 AQSh dollar bo`lgan noqonuniy pirotexnika vositalari sotayotgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazdi.

Ma`lum bo`lishicha, tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar pirotexnika buyumlarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, tuman hududidagi savdo majmuasi avtoturargohida xaridor M.ga 120 quti “Treniya”, 40 quti “Solovey Razboynik”, 37 quti “Britanik” hamda 138 dona “Zolotoy pesok”, 51 dona “7-Shots” va 35 dona “Volk” nomli pirotexnika buyumlarini 2 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi  (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar