AsosiyDunyo

Germaniya 25 ming afg`on qochqinlarini qabul qilishga tayyor

'Germaniya 25 ming afg`on qochqinlarini qabul qilishga tayyor'ning rasmi

Germaniya hukumati Afg`onistondan 25 ming qochqinni qabul qilishga rozi bo`ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, Evropa Ittifoqiga a`zo mamlakatlar 2022 yilgacha 40 ming qochqinni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Evropa Ittifoqining ichki ishlar bo`yicha evrokomissari Ilva Yuxansson ma`lum qildi. Siyosatchi hayoti xavf ostida qolayotgan qochqinlar xavfsizlikda munosib tarzda yashashi kerak deb hisoblaydi. 

40 ming qochqindan 25 ming nafari Germaniyada, 3 mingi Niderlandiyada, 2 mingdan ziyodi Fransiya va Ispaniyada hamda 2 mingi Shvesiyada joylashtirilishi rejalashtirilgan. 

Boshqa yangiliklar