AsosiyDunyo

Afg`onistonda “Al-Qoida” jangarilari soni ko`paygani ma`lum qilindi

'Afg`onistonda “Al-Qoida” jangarilari soni ko`paygani ma`lum qilindi'ning rasmi

AQSh markaziy qo`mondonligi rahbari, general Kennet Makkenzi ma`lum qilishicha, Afg`onistonda “Al-Qoida” jangarilarining soni ko`paygan. Bu haqda Associated Press xabar berdi

“Chindan ham ularning soni ancha oshgan deb o`ylayman. Avvalroq biz ularning soni kamayganini taxmin qilgandik. Hozirda jangarilarning qancha ekanini ayta olmayman”, - dedi general.

Makkenzi so`zlariga ko`ra, “Tolibon” harakati hukumatni egallaganidan so`ng “Al-Qoida” oid jangarilari mamlakatga tashrifi ko`paygan. Natijada, mamlakatda terrorchilik avj olayotganini ma`lum qildi. 

Boshqa yangiliklar