AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda Rossiyada ishlash uchun bo`sh ish o`rinlariga tanlov o`tkazildi

'Qoraqalpog`istonda Rossiyada ishlash uchun bo`sh ish o`rinlariga tanlov o`tkazildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasi kompaniyalari qurilish sohasidagi bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkazdi.

Qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo`yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko`ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tib, tibbiy ko`rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun jo`natiladi.

Boshqa yangiliklar