1

Xo`jaylida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish holati fosh etildi

Jinoyat 11.12.2021, 20:45
Xo`jaylida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo`jayli tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqarolar E.A. va N.N.lar “Qorao`zak dehqon bozori” MChJ  oldida fuqaro B.ga 174 ta qalbaki aksiz markalar bilan elimlangan “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 3,6 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning avtotransport vositasidan jami 275 dona alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1